Turkiyaning Izmir shahrida 29-iyul, juma kuni erta tongdan ommaviy hibsga olish jarayoni boshlandi. Bu haqda Habertürk telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Telekanalning qayd etishicha, 200 ga yaqin kishi qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonalarga yetkazilmoqda.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng 13 mingga yaqin kishi, jumladan, harbiylar, politsiya xodimlari, sudya va prokurorlar hibsga olinganini ma’lum qilgandi. 45 mingga yaqin davlat xizmatchilari o‘z lavozimidan ozod etildi.
Izoh (0)