Xalqaro Chempionlar Kubogining Xitoydagi turnirida ishtirok etayotgan “Borussiya Dortmund” Manchester shahrining ikkinchi jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.
Turnirdagi birinchi o‘yinda “Manchester Yunayted”ni yirik hisobda mag‘lub etgan “Borussiya Dortmund”, “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinni durang bilan yakunlay oldi.
Bellashuvning 79-daqiqasiga kelib Serxio Aguero “shaharliklar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 95-daqiqaga kelibgina Pulishich nemis klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 6:5 hisobi qayd etildi va 1 ta ko‘p aniq zarba bergan “Manchester Siti” 2 ochko egasiga aylandi. Dortmundliklar esa 1 ochko bilan kifoyalanib, turnirdagi umumiy ochkolarini 4 taga yetkazib oldi.
Qayd etish kerak, Manchester klublari ishtirokidagi o‘yin Xitoydagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirilgandi.
International Champions Cup—2016 Shenchdzen, Xitoy28-iyul, payshanba
“Borussiya Dortmund” — “Manchester Siti” 1:1 pen — 5:6
Gollar: Aguero, 79 (0:1). Pulishich, 95 (1:1).“Borussiya Dortmund”: Byurki, Ginter (Merino, 46), Sokratis (Bender, 46), Bartra (Larsen, 63), Shmelser (Passlak, 46), Rode (Kastro, 46), Shaxin (Burnich, 63), Mor (Pulishich, 46), Lyaytner, Dembele (Kagava, 46), Ramos (Xober, 63).
“Manchester Siti”: Kabalyero (Gann, 46), Otamendi (Maffeo, 46), Adarabioyo, Kalarov (Anxelino, 78), Klishi (Silva, 46), Fernando (Garsiya, 46), Fernandinyo, Zinchenko (Aguero, 46), Delf (Ture, 46, Sterling, 84), Ixeanacho (Boni, 46, Nolito, 84), Navas (Denaye, 46).
Izoh (0)