2016-yilning yanvar oyida Braziliyaning “Goyanesia” futbol klubi sobiq hujumchisi Uendell Liraning Braziliya birinchiligi doirasida “Atletiko-GO” darvozasiga kiritgan goli muxlislar tomonidan 2015-yilning eng chiroyli goli deb topilgan edi va u FIFA tomonidan Ferens Pushkash mukofoti bilan taqdirlandi.
“Korrespondent.net” nashrining ning ESPN’ga tayanib xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi faoliyati davomida olgan ko‘plab jarohatlari tufayli karyerasini tugatishga qaror qildi va FIFA o‘yinining professional o‘yinchisiga aylanish istagini bildirdi.
Uendell Lira amaldagi klubi bo‘lmish “Villa Nova” safida 2016-yil hisobidan atigi 4 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Izoh (0)