Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Anqara shahri yaqinidagi Oqinji aviabazasi yopilishini ma’lum qildi. Aviabazadan harbiy to‘ntarish tashkilotchilari foydalangan edi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“Xoinlar bekingan baza yopiladi”, — dedi hukumat boshlig‘i.
Uning so‘zlariga qaraganda, aviabaza o‘rnida isyonchilarga qarshi chiqib halok bo‘lganlar xotirasiga yodgorlik o‘rnatiladi.
Shuningdek, Yildirim butun mamlakat bo‘ylab isyonchilar foydalangan harbiy kazarmalar yopilishini ma’lum qildi. Ularning o‘rnida piknik uchun zonalar yaratiladi.
Izoh (0)