Bugun, 28-iyul kuni xonanda Shahzoda o‘zining tavallud ayyomini nishonlamoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”. Xonanda o‘zining Instagram’dagi sahifasiga nimalarni his etayotganini va nimalarni his etishni istashini yozib qoldirdi.
“28-iyul, men 37 yoshni qarshi oldim. Bu yosh hamma narsani o‘zgacha qabul qilishni boshlaydigan, joy-joyiga qo‘yadigan va barchasini o‘zgacha qadrlaydigan davr bo‘lar ekan. Juda ko‘p narsaga erishildi, ammo hali shunchalik ko‘p narsa istaysanki. Ko‘rishni, anglashni, amalga oshirishni! Oilang bilan vaqt o‘tkazishni, o‘g‘ilchangning kir yuzchasini yuvishni, ertak aytib berishni va umuman o‘g‘illaring hayotida ko‘proq ishtirok etishni. Go‘zal bo‘lishni... O‘zing uchun, uning uchun va hamma uchun. His etishni istaysan: vaqtni, tezlikni, quvonchni, og‘riqni, g‘alabani, shunchaki yorqin va mazmunli hayotni! Hali hammasi oldinda! Sizlarni yaxshi ko‘raman!” — deb yozdi Shahzoda.
Izoh (0)