• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Yangi ovozlar” teletanlovi: uch kun davom etgan saralash, istalgan tilda kuylay oladigan yoshlar, hakamlarning ko‘z yoshlari

    O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Alisher Navoiy nomli kinosaroy hamda Yoshlar madaniyat va san’at markazi hamkorligida “Yangi ovozlar” nomli teletanlov tashkil etildi. San’at sahnasida dastlabki qadamlarini qo‘yayotgan yoshlar uchun ijodiy maydon sifatida ko‘rilayotgan teletanlovining saralash bosqichida erkin kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etgan jurnalist Feruz Muhammad o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, tanlov yuzasidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva bilan suhbat uyushtirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Saralash bosqichida O‘zbekistonning barcha viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan ko‘plab iste’dodli, qobiliyatli yoshlar qatnashdi. Talabgorlar soni ko‘pligi bois, saralash uch kun — 20 iyuldan 22 iyulga qadar davom etdi. Qizg‘in, keskin va murosasiz ruhda o‘tgan saralash bosqichi har bir ishtirokchi sahna madaniyati qoidalariga rioya etishi, tanlovda qatnashish uchun tanlagan qo‘shiqlari bilan o‘z ustida katta mas’uliyat bilan ishlaganini ko‘rsatdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ishtirokchilar orasida milliy hamda zamonaviy estrada, opera, djaz, mumtoz yo‘nalishda kuylaganlar ko‘pchilikni tashkil qildi. Bundan tashqari, yosh ijrochilarning ingliz, rus, fransuz, italyan, turk, ozarbayjon kabi xorijiy tillarda ham bemalol kuylay olishi har qanday tomoshabinni hayratga solishi turgan gap. Ularning ajoyib chiqishlarini baholashda hakamlarga ham oson bo‘lgani yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘rni kelganda ta’kidlash joiz, tanlovning saralash bosqichida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Toir Qo‘ziyev, Azim Mullaxonov, Yulduz Turdiyeva, Samandar Hamroqulov, Alisher Fayz, O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod va xonanda Akbar Otamuhammedov hakamlik qildi. E’tiborga molik tomoni, ular ustoz ko‘rmagan, ammo ovoz imkoniyati baland pardalarda bemalol kuylashga imkon beradigan yoshlarga ham keyingi bosqichda qatnashish uchun ruxsat berdi, ularga mos ustozlarni ham tavsiya qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Saralash bosqichi yakunida hakamlar hay’ati a’zolaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva bilan suhbat uyushtirildi.

    — Teletanlov ishtirokchilarining aksariyatida uchrayotgan umumiy xato nimadan iborat?— Qobiliyatli, iste’dodli, shijoatli ishtirokchilar ko‘p. Aksariyatining umumiy xatosi — ovoziga mos asarni tanlamagan. Natijada ishtirokchilarga 3—4 martalab qo‘shiqlar berib, sinab, nimaga qodirligini aniqlayapmiz. Ko‘p ishtirokchilar yoshiga nisbatan katta qo‘shiqlarni tanlagan.

    — Ularning yutuqli tomonlari haqida nimalar deya olasiz?— Ko‘plab ishtirokchilar chet tilidagi qo‘shiqlarni o‘sha til nutq madaniyati, talaffuz qoidalariga rioya etgan holda, kerak bo‘lsa, professionallardek kuylamoqda. Avjli pardalarni maromiga yetkazib ijro etayotgan yangi ovozlarni ko‘rib, ko‘zimga yosh ham keldi.

    — Siz ham xalqaro ko‘rik tanlovlarda O‘zbekistonning nomini tanitib yurgan xonandasiz. Boz ustiga, jonli ijroda kuylashingizga ko‘plab hamkasblaringiz tan beradi. Ayting-chi, mazkur ishtirokchilar orasida sizga raqobatchi, ovoziga havasingiz kelib tinglagan ishtirokchilar ham bormidi?— Men san’atda ustozlarni ham, o‘zimdan keyin chiqayotgan xonandalarni ham hurmat qilib, ularga havas ko‘zi bilan qarayman. Tan olib aytish kerak, bu yoshlarning orasida bizga raqobatchi bo‘la oladigan yoshlar juda ko‘p.

    — Ishtirokchilar tayyorlab kelgan qo‘shiqlar orasida qaysi o‘zbek san’atkorining ijod na’munalari yetakchilik qilmoqda?— O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov.

    — Chet tillaridan asosan qaysi birida ko‘p kuylashmoqda?— Ingliz tilida ko‘p kuylashdi.

    — Saralash bosqichidagi tashkilotchilikni qanday baholaysiz. Ishtirokchilar 100 foiz jonli kuylagani texnik muammolar keltirib chiqarmadimi?— Tashkilotchilik a’lo darajada, jonli ijroda kuylash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Tashkilotchilar bilan bog‘liq muammo bo‘lgani yo‘q.

    — Ishtirokchilarning sahnada o‘zini tutishi, kiyinish madaniyatiga qanday baho berasiz?— To‘g‘risini aytsam, o‘g‘il bola ishtirokchilar kiyinish madaniyatiga bir qadar e’tiborsizlik qilgan. Sahnada o‘zini tutishga kelsak, ishtirokchilarning 70 foizida hayajonni kuzatdik. Yashirishga qancha urinmasin, ovozidagi titroqdan, savol-javob jarayonidan ularning hayajonlanayotgani bilinib qoldi. Hayajonning ko‘payib ketishi ijroga, qobiliyatni to‘la namoyon qilishga xalal berishi mumkin.

    — Hakamlar orasida tortishuv va munozaralar bo‘lib turdi. Bu haqda nima deya olasiz?— To‘g‘ri, ba’zan kelishmovchilik holatlari ham bo‘ldi. Sababi — ishtirokchilar nihoyatda qobiliyatli, o‘z navbatida, har bir hakamning ishtirokchiga nisbatan o‘z talabi bor. Misol uchun, men an’anaviy, milliy mumtoz qo‘shiqlarni tinglashni xohlasam, boshqa bir hakam umuman boshqa yo‘nalishni eshitishni xohlaydi. Hakamlarning uslubi xilma-xil bo‘lganining yaxshi tomoni ham aynan shunda. Ammo barcha hakamlarning maqsadi bitta — ishtirokchilar orasida yangi ovozlarni aniqlash.

    Ma’lumot uchun, ayni kunlarda teletanlovning keyingi bosqichiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Alisher Navoiy nomli kinosaroyda tanlovni o‘tkazish uchun barcha sharoitlarga ega zamonaviy studiya hozirlangan.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    27.07.2016, 19:46   Izoh (0)   11089
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fotogalereya: Sevimli teleseriallar qahramonlari 20 yil avval va bugun

    27.07.2016, 17:46

    Shahzoda Muhammedova o‘zining qoidabuzar haydovchi ekanligini tan oldi

    25.07.2016, 15:21

    DJ Piligrim Sardor Rahimxon va Ulug‘bek Rahmatullayevni o‘g‘rilikda aybladi

    25.07.2016, 10:02

    Munisa Rizayeva sirli oshig‘i haqida ma’lumot berdi

    22.07.2016, 11:10

    O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo “yigirma besh yoshdasan, O‘zbegim” misrasining ma’nosini tushuntirib berdi

    21.07.2016, 17:17

    Xonanda Rayhon: Ochig‘i, bir o‘zim bolalar bilan qiynalyapman

    21.07.2016, 14:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.