Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasining AQSh mezbonlik qilayotgan zonasida “Bavariya” va “Milan” klublari o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Italiyaliklar safida Nyang 23, Bertolachchi 49 va Kutska 61-daqiqada gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Bavariya” futbolchilaridan Frank Riberi dubl qayd etdi. U 29 va 90-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi gollarga mualliflik qildi. Ikkinchi gol penaltidan kiritildi. Bundesliga yetakchisining yana bitta goli David Alaba hisobiga yozildi.
Penaltilar seriyasida nemislar 3:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa “Milan” penaltidan zafar quchgani uchun o‘z hisobiga 2 ochko yozib qo‘ydi. “Bavariya” esa 1 ochko jamg‘ardi.
30-iyul kuni “Bavariya” Milan shahrining boshqa bir klubi “Inter”ga qarshi maydonga tushadi. Shu kuni “Milan” Angliyaning “Liverpul” klubi bilan hisob-kitob qiladi.
International Champions Cup—2016 Chigako, AQSh 27-iyul, chorshanba
“Bavariya” — “Milan” – 3:3 pen — 3:5
Gollar: Nyang, 23 (0:1). Riberi, 29 (1:1). Alaba, 38 (2:1). Bertolachchi, 49 (2:2). Kutska, 61 (2:3). Riberi, 90-pen (3:3).“Bavariya”: Ulrayx, Rafinya, Martines (Pantovich, 79), Badshtuber (Feldxan, 31), Alaba, Lam, Alonso (Srnichki, 61), Riberi, Tiago Alkantara (Fabian, 61), Bernat, Grin (Lappe, 79).
“Milan”: Donnarumma, Abate (Kutska, 46), Romanoli, Paletta, Antonelli (Xonda, 62), Poli (Vergara, 80), Montolivo (El Hilali, 80), Bertolachchi (Dzanellato, 62), Suso (Matri, 62), Nyang (Eli, 62), Bonaventura.
Izoh (0)