Kuba terma jamoasida Jahon Chempionatida ishtirok etish tajribasi bor. Chunki Kolumbiyadagi mundial ular uchun beshinchisi.
Tailanddagi mundial Kubasiz o‘tganidan keyin, mamlakta bosh jamoasiga sobiq futzalchini bosh murabbiy etib tayinlashdi. Uning tashrifi esa Kubani yana Jahon Chempionatiga qaytardi.
Kolumbiyaga yo‘l
Kuba terma jamoasi uchun KONKAKAF chempionligi uchun kurash u qadar omadli boshlanmadi. Ko‘pchilik xatto tanimaydigan Kurasao terma jamoasiga qarshi ilk uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi.Mana shunday autsayderni taslim qila olmagan Kubaning keyinchalik Jahon Chempioanati chiptasiga ega chiqishiga ishonish qiyinroq edi. Biroq keyingi turlarda kubaliklar o‘zlariga kelib olishdi. Kosta-Rikaning 6:0 hisobida taslim etilishi, Kuba ko‘pchilik o‘ylagani kabi kuchsiz jamoa emasligini oydinlashtirdi.
Mazkur hisoblar Kuba termasini guruh bosqichidan olib chiqqaniga qaramay, yo‘l-yo‘lakay Kanada futzal terma jamoasi ham mag‘lub etildi — 7:4. Ushbu g‘alabani kubaliklar uzoq eslab qoladigan bo‘lishdi.
Yarim final o‘yinida Kubaning kuchi Panamaga yetmadi. 5:6 hisobida imkoniyati boy berilgan o‘yindan keyin Kuba KONKAKAFning uchinchi jamoasi bo‘lish uchungina harakat qilib ko‘rdi. Ular buning uddasidan chiqa olishdi. Gvatemalaga qarshi 3-o‘rin uchun bahs Kubaning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan o‘z yakuniga yetdi.
Terma jamoa haqida
Klemente Reinoso terma jamoani qabul qilib olganidan keyin, Kubaga bo‘lgan xurmat qit’ada yana osha boshladi. Mutaxassis 1996-yil Ispaniyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida Kuba uchun mehnat qilganlardan biri edi.Hujumchi Jonnet Martines esa bugungi jamoaning eng asosiy figurasi hisoblanadi. U 2008-yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida ham mamlakat sharafini himoya qilgandi. Bugungi tarkibda o‘sha mundialda ishtirok etgan yagona futbolchi ham Martinesning o‘zi.
Martinesga yaqindan yordam berishi mumkin bo‘lgan futzalchilarga ham xurmat ko‘zi bilan qarashga majbursiz. Diyego Ramires, Kevin Marino, Sendi Dominges kabi futbolchilar Kolumbiyada o‘zlarini ko‘rsatishga tayyor turishibdi.
Mundiallardagi ishtiroki
Kuba terma jamoasi 1996-yil Ispaniyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatidan keyin faqatgina 1 ta mundialni o‘tkazib yubordi. 2012-yil Tailand zallarida kubalik futbolchilarni uchratishning iloji bo‘lmadi.Kolumbiyadagi Jahon Chempionati kubaliklar uchun hisob bo‘yicha beshinchisidir. Biroq bu son sifatni belgilab bermaydi. Kuba mundiallarda jami 13 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, shularning faqatgina 1 tasida g‘alaba nashidasini surgan va biror marta ham guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlay olmagan.
Kuba 1996 va 2000-yilgi Jahon Chempionatlarini so‘nggi o‘rinda yakunlashga majbur bo‘ldi. 2004-yilga kelib esa Kubadan keyin faqatgina 2 ta jamoa nomi bor edi. 2008-yil mundialda ishtirok etgan 20 ta jamoa orasidan 15-o‘rinning qo‘lga kiritilishi natijalar sekin-asta yaxshilanib borayotganini ko‘rsatdi.
Izoh (0)