Fransiya politsiyasi 26-iyul, seshanba kuni mamlakat shimolidagi Normandiya shahrining Sent-Etyen-dyu-Ruvre cherkovida odamlarni garovga olgan va maxsus operatsiya davomida o‘ldirilgan ikkinchi terrorchining shaxsini aniqladi. U 19 yoshli Abdul Malik Nabil Petijan bo‘lib chiqdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ikkinchi terrorchi ham birinchisi singari Fransiya maxsus xizmati bazasiga kiritilgan va mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatidan joy olgandi.
Avvalroq Fransiya politsiyasi birinchi terrorchining shaxsini aniqlagan edi. U fransiyalik 19 yoshli Adel Kermish edi.
Eslatib o‘tamiz, Cherkovga uyushtirilgan hujum oqibatida 84 yoshli rohib halok bo‘ldi, bir necha tutqun yaralandi. IShID terrorchilik guruhi cherkovga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)