Brent rusumli neftning bir barreli narxi joriy yilning 20-aprelidan buyon birinchi marta 43 dollardan pastga tushib, 42,99 dollarni tashkil etdi. Buni Londonning ICE birjasi ma’lumotlari ko‘rsatmoqda.
AQSh tijoriy zaxiralari haqida rasmiy ma’lumotlar chop etilganidan buyon neft narxi tushishda davom etmoqda. 15–22-iyul davomida AQSh zaxiralari 1,6 million barrelga ko‘payib, 521,1 million barrelni tashkil etdi.
Izoh (0)