Armaniston poytaxti Yerevan shahrida qurollangan guruh tomonidan qo‘lga olingan politsiya patrul-posti xizmati polki binosi hududida 30 ga yaqin kishi hibsga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Politsiyachilar mamlakat prezidenti Serj Sargsyanning iste’fosi so‘ralgan plakatlarni olib qo‘ydi.
Avvalroq qurollangan guruhning ikki nafar a’zosi Gagik Yegiazaryan va Aram Akopyan taslim bo‘lgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)