26-iyul, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichi o‘yinlari boshlandi va uning doirasida 9 ta bellashuvga yakun yasaldi.
Rossiya vitse-chempioni sifatida guruh bosqichi sari harakat qilayotgan “Rostov” o‘z maydonida Belgiyaning “Anderlext” klubini qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Belgiyalik futbolchilar hisobda ikki bor oldinga chiqib olib, yakunda g‘alabani ushlab qola olmadi.Ukrainaning “Shaxtyor” klubi navbatdagi bosqichga birinchi qadamni tashlab, o‘z maydonida Shveysariyaning “Yang Boyz” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Qolgan o‘yinlar natijasi bilan tanishing:
Yevropa Chempionlar Ligasi 3-saralash bosqichi. Dastlabki uchrashuvlar 26-iyul, seshanba
“Rostov” (Rossiya) — “Anderlext” (Belgiya) 2:2“Partizan” (Albaniya) — “Red Bull Zalsburg” (Avstriya) 0:1“Ludogorets” (Bolgariya) — “Srvena Zvezda” (Serbiya) 2:2“BATE” (Belorus) — “Dandolk” (Irlandiya) 1:0“Sparta” (Chexiya) — “Styaua” (Ruminiya) 1:1“Viktoriya Plzen” (Chexiya) — “Qorabog‘” (Ozarbayjon) 0:0“Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) — “Dinamo Tbilisi” (Gruziya) 2:0“Shaxtyor” (Ukraina) — “Yang Boyz” (Shveysariya) 2:0“Ayaks” (Gollandiya) — “PAOK” (Gretsiya) 1:1
Izoh (0)