Huquqiy jihatdan bunga qadar Qozonning “Rubin” klubiga tegishli bo‘lgan Sardor Azmun faoliyatini Rossiya Premyer-Ligasining boshqa bir klubi “Rostov”da davom ettiradi.
“Sports.ru” xabariga ko‘ra, “Rostov” direktorlar kengashi a’zosi Ali Uzdenov Sardor Azmunning 2 yillik shartnomaga imzo chekkanini ma’lum qilgan. Kecha, 26-iyul kuni eronlik hujumchi Yevropa Chempionlar Ligasining 3-saralash bosqichi doirasida “Anderlext”ga qarshi harakat qildi.
“Rubin”ga tegishli bo‘la turib, “Rostov”ning mavsumoldi yig‘ini doirasidagi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgan Azmun bilan muammo ko‘tarilgan bo‘lib, uning yarim yilga futboldan chetlatilishi mumkinligi aytilgandi. Xalqaro Arbitraj Sudi Sardorga “Rostov” safida ro‘yxatdan o‘tish uchun ruxsat berdi.
Futbolchi faoliyatini davom ettiradi, biroq Arbitraj Sudi yakuniy qarorni e’lon qilishi uchun yarim yil vaqt kerak bo‘ladi.
Izoh (0)