Uchuvchi Bertran Pikar quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyotida dunyo bo‘ylab sayohatini yakunladi. Bu haqda loyiha mikroblogiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Samolyot 26-iyul kuni Toshkent vaqti bo‘yicha tongda an’anaviy yoqilg‘idan foydalanmasdan 40 000 kilometr masofani bosib o‘tgandan so‘ng Abu-Dabiga qo‘ndi. Loyihaning asosiy vazifalaridan biri ekologik toza energiya manbalarida uchish imkoniyati mavjudligini isbotlashdan iborat edi.
Solar Impulse’ning dunyo bo‘ylab sayohati alohida bosqichlarda amalga oshirildi. U 2015-yilning 9-martida Abu-Dabida boshlangan edi. O‘shandan buyon samolyot 17 ta parvozni amalga oshirib, to‘qqizta davlatga tashrif buyurdi. Mazkur sayohat besh oy davom etishi taxmin qilingan edi. Biroq ob-havo shart-sharoitlari va nosozliklar tufayli yo‘nalishni o‘zgartirish yoki ba’zi bosqichlarni ortga surishga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)