“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yaqinlashib kelayotgan Angliya chempionatidan nimalarni kutayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Gvardiola hamma o‘z sinovlaridan o‘rganadi deganida, haq bo‘lgandi. Yo‘l qanchalik qiyin bo‘lsa, ko‘proq harakat qilish kerak bo‘ladi. Menimcha, Pep bilan bir-birimizning o‘sishimiz uchun ko‘p ishni amalga oshirganmiz. Ammo futbol – bu 11 ga 11 o‘yin. Aynan futbolchilar o‘yin taqdirini hal qiladi. Ular murabbiydan ko‘ra muhimroq”, – dedi Mourinyo.
“‘MYu’ va ‘Manchester Siti’ – o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan ikki top-klub. Ammo boshqa raqiblar ham bor. Angliya chempionligi uchun 6 yoki 7 jamoa kurashadi. Har bir jamoa har bir ochko uchun kurashishi shubhasiz. Angliya chempionati avvallari ham o‘zgacha edi, endi esa yanada o‘zgacha bo‘ladi”, – deya fikr bildirdi Mourinyo.
Ma’lumot uchun, Angliya chempionatining 2016/17-yilgi mavsumi 13-avgust kuni start oladi.
Izoh (0)