Qarorgohi Toshkent shahrida joylashgan va 2015-yilda asos solingan Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi o‘zining birinchi turnirini 6—9-avgust kunlari o‘tkazadi.
O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Eron yoshlar terma jamoalari ishtirok etadigan turnir uchrashuvlari “Paxtakor” va “Jar” stadionida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘FF matbuot xizmati.
Turnir CAFA Cup deb nomlanadi va o‘yinlar 6-avgustdan boshlab, har kuni bo‘lib o‘tadi. Qur’aga ko‘ra O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘z guruhida Afg‘oniston hamda Qirg‘izistonga qarshi kurash olib boradi. “B” guruhini Eron, Tojikiston va Turkmanistonning 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari tashkil qilgan.
Izoh (0)