Xalqaro Chempionlar Kubogi turnirida ishtirok etayotgan Turinning “Yuventus” klubi Avstraliyaning “Melburn Viktori” klubidan penaltilar seriyasiga ko‘ra yengildi.
“Yuventus”ning ikkinchi tarkib futbolchilari ishtirok etgan o‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa Osiyo Chempionlar Ligasining “G” guruhini 2-o‘rinda yakunlab, nimchorak finalga yo‘l olgan klub 4:3 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Toshkent vaqti bilan 21:30 da Angliya chempioni “Lester” mazkur musobaqa doirasida Shotlandiyaning “Seltik” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Xalqaro Chempionlar Kubogi 23-iyul, shanba
“Melburn Viktori” (Avstraliya) — “Yuventus” (Italiya) 1:1 pen — 4:3
Gollar: Blanko, 58 (0:1). Ingem, 83 (1:1).“Yuventus” (1-taym): Neto, Rugani, Aleks Sandro, Marrone, Severin, Lirola, Lemina, Ernanes, Asamoa, Dibala, Cherri.
“Yuventus” (2-taym): Neto (Audero, 65), Parodi, Kokkolo, Marrone, Blanko, Lirola, Matsek, Vitale, Kastanos, Padovan, Rossetti.
Izoh (0)