Peru qutqaruvchilari Uaskaran tog‘idagi ko‘chki oqibatida halok bo‘lgan uch nafar alpinistning jasadini topishga muvaffaq bo‘ldi. Peru Tog‘ gidlari uyushmasi mahalliy bo‘limining rahbari Rafael Figeroa Chave 21-iyul, payshanba kuni yana bir perulik sportchi bedarak yo‘qolganligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ular bir daqiqaga ham ortga surilgani yo‘q”, — dedi Chave. Ikki nafar meksikalik va bir nafar perulik ko‘chki qurboniga aylangan.
Besh nafar alpinist qutqarib qolingan, ulardan to‘rt nafari hozirgi paytda shifoxonada. Jami alpinistlar guruhi tarkibiga ikki nafar ispaniyalik, uch nafar meksikalik va to‘rt nafar perulik kirgan.
Sportchilar 19-iyul, seshanba kuni ko‘chki ostida qolgan edi.
Izoh (0)