Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Olmaotada 18-iyul kungi otishma davomidagi hodisalar haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV shahar departamenti matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jamoatchilik sarosimasi provokatorlari — 21 yoshli talaba qiz va 23 yoshli yigitning shaxsi aniqlangan.

“Oliy ta’lim muassasalaridan birining 1995-yilda tug‘ilgan talabasi, fuqaro Ch. ijtimoiy tarmoqlarda Olmaotadagi hodisalar haqidagi xabarlar ostida qoldirgan izohlarida ‘Siti Plyus’ savdo uyida go‘yoki odamlar garovga olinganligi va qurbonlar ham borligi haqida ma’lum qilgan. Shu bilan bir paytda yana bir izoh qoldiruvchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro A. shaharning quyi qismida 100 nafar qurollangan kishi go‘yoki odamlarga o‘q uzayotganligi haqida xabarlar tarqatgan”, — deyiladi xabarda.

Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ularning har ikkalasiga nisbatan yaqin vaqt ichida jazo chorasi tayinlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Olmaotada noma’lum shaxslar Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Olmaota shahar departamenti va shaharning Almali tumani politsiya departamenti binolariga hujum uyushtirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi