Buyuk Britaniya aholisi yiliga 160 million dona bananni chiqindixonaga tashlaydi. Bu haqda, The Times nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Britaniyada banan mashhur mevalardan hisoblanadi. Har bir Britaniya fuqarosi haftasiga o‘rtacha uchta banan yeydi, bu esa yiliga 12 kilogramm demakdir.
Sainsbury’s supermarketlar tarmog‘i tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining 80 foizi bananni yaxshi ko‘radi, 20 foizi esa undan har kuni tanovul qiladi. Respondentlarning uchdan biri esa po‘stloqda bittagina qora dog‘ paydo bo‘lsa ham bananni darhol tashlab yuboradi.
Natijada shu qadar ko‘p banan chiqitga chiqadiki, ularning barini terib chiqsa, Britaniyani Yangi Zelandiya bilan bog‘laydigan chiziq hosil bo‘ladi.
Sainsbury’s isrofgarchilik bilan kurashish maqsadida bundan buyon o‘z do‘konlarida xaridorlar sotib olishdan bosh tortadigan mevalardan non pishirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)