Estoniya terma jamoasi va “Augsburg” klubi himoyachisi Ragnar Klavan faoliyatini Angliyaning “Liverpul” klubida davom ettiradi. Bu haqda “Sport-ekspress” klub matbuot xizmatiga asoslanib xabar tarqatdi.
Transfer 4 million funt-sterlingni tashkil qilgani aytilgan. Bosh murabbiy Yurgen Klopp bu qarorga "Liverpul" Yevropa Ligasining 1/16 finalida “Augsburg” bilan o‘ynaganidan keyin kelgan. O‘shanda liverpulliklar har ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 1:0 hisobida zafar quchgandi.
O‘tgan mavsum Germaniya Bundesligasida 31 ta o‘yin o‘tkazgan Ragnar Klavan “Liverpul” himoyachisi Kolo Turening o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Izoh (0)