Armanistonning Erebuni tumanidagi politsiya mahkamasini qo‘lga olganlar tarafdorlari va politsiya xodimlari o‘rtasida 21-iyul, payshanba kuni bir necha soat davom etgan qarama-qarshilikdan so‘ng namoyishchilar o‘zlari tomonidan berkitilgan ko‘chani tark etishni boshladi. Natijada politsiyachilar muxolifat egallab turgan pozitsiya, shuningdek, ular tomonidan yasalgan to‘siqlar ustidan nazoratni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Shundan so‘ng ko‘chani politsiyaning maxsus qismi vakillari ham tark etdi. Ko‘cha atrofida politsiyachilarning faqatgina kichik qismi qoldi.
Izoh (0)