AQShning eng yirik avtomobilsozlik konserni — General Motors (GM) 2016-yilning aprel-iyun oylarida ikkinchi chorak uchun rekord darajada daromad olib, joriy yil prognozlarini yaxshiladi. GM’ning o‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra sof daromadi 2,9 milliard dollarni, aksiyaga hisoblaganda 1,81 dollarni tashkil qildi. O‘tgan yil shu davri ko‘rsatkichlari, tegishli ravishda, 1,1 milliard dollar va 0,67 dollarga teng bo‘lgan edi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
FactSet tomonidan so‘rovdan o‘tkazilgan tahlilchilar aksiyaga hisoblangan daromad 1,52 dollarni tashkil etishini bashorat qilgan edi.
Choraklik tushum 38,2 milliard dollardan 42,4 milliard dollargacha o‘sdi.
GM’ning Shimoliy Amerika bo‘linmasi tahrirlangan EBIT ko‘rsatkichini 2,8 milliard dollardan 3,6 milliard dollarga ko‘tardi. Yevropadagi operatsiyalar 100 million dollar daromad keltirdi, o‘tgan yil ikkinchi choragida esa bu ko‘rsatkich nolga teng edi. Janubiy Amerikada kompaniya, o‘tgan yilgidek, 0,1 milliard dollar zarar ko‘rdi.
Aprel-iyun oylarida GM dunyo bo‘yicha 2,4 million avtomobil sotdi.
Izoh (0)