Turkiya oliy ta’lim kengashi ilmiy xodimlarga mamlakat hududini tark etishni taqiqladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Taqiq qachongacha amal qilishi ma’lum emas.
Bundan bir muddat ilgari universitetlarda 1577 dekan iste’foga chiqarilgan, xususiy ta’lim muassasalarida dars beruvchi 21 ming o‘qituvchi litsenziyadan mahrum qilingan edi.
Mazkur chora-tadbirlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy to‘ntarish ishtirokchilarini fosh etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)