Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning mustaqil komissiyasi hisobotida nomi tilga olingani uchun Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga akkreditatsiya olmaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
19-iyul, seshanba kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ijroqo‘mining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qarorlar qabul qilinib, bir nechta xalqaro federatsiyalarga tavsiyalar berildi. Shuningdek, WADA’ning hisobotida tilga olingan Rossiya sport vazirligi vakillariga nisbatan surishtiruv ishi olib borilishiga ham qaror qilindi.
Avvalroq Vitaliy Mutko Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga bormaslikka tayyorligi, Rossiya termasining musobaqalarda ishtirok etishi eng asosiysi ekanini aytib o‘tgandi.Eslatib o‘tamiz, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari 5–21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)