Italiya poytaxti Rimdagi Fyumichino aeroporti xodimlari 36 tonnali samolyotni qo‘lda itarishga majbur bo‘ldi. Bu voqea tasvirga tushirildi va bir qator nashrlar, jumladan, The Daily Mail tarafidan chop etildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Iberian Airlines aviakompaniyasiga qarashli samolyot uchish-qo‘nish tasmasiga shatakda yetkazilishi lozim edi. Uning bortida 90 yo‘lovchi bor edi. Ammo shatak buzilgani bois bu ishni aeroportning 11 xodimi o‘z qo‘llari bilan bajardi.
Natijada samolyot bir yarim soatlik kechikish bilan Ispaniyaga uchib ketdi.
Izoh (0)