Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Olmaliq” klubi musobaqadagi ishtirokini birorta g‘alabasiz yakunladi.
Turnir chorak finalda mezbon — Tailandning “Chonburi” klubiga qarshi saf tortgan olmaliqliklar 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvda hisob 1-daqiqaga kelib Jamoliddin Sharipov tomonidan ochilgan bo‘lsada, O‘zbekiston chempioni uni ushlab qola olmadi. Bellashuv yakuniga qadar Tailand chempioni 4 ta gol urishning uddasidan chiqdi.
Guruh bosqichida “Olmaliq” Eron chempionidan yengilgan, Livan chempioni bilan esa durang o‘ynagandi.
“Olmaliq” kabi guruh bosqichida g‘alaba qozona olmagan Yaponiya va BAA chempionlari yarim final chiptasini qo‘lga kiritdi. Final ostonasidagi to‘rtinchi jamoa Iroqqa tegishli.
21-iyul kuni BAA va Yaponiya chempionlari o‘zaro hisob-kitob qilsa, O‘zbekiston klubini turnirdan chiqarib yuborgan “Chonburi” Iroq chempioni bilan bellashadi.
Izoh (0)