Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 16-iyul kuni futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 2-tur bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Tailandda bo‘lib o‘tayotgan musobaqada O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan “Olmaliq” bu turda Livan chempioni “Al Mayadin”ga qarshi bahs olib bordi, deb xabar bermoqda “Championat.asia”.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Birinchi o‘yinda O‘zbekiston chempioni Eronning “Tasisat Daryoiy” klubiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi bu yilgi Osiyo chempionatida 12 jamoa 4 guruhga 3 tadan bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Guruhda dastlabki ikki o‘rinni olgan jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Endi “Olmaliq”ning pley-offga chiqishi 17-iyul bo‘lib o‘tadigan “Tasisat Daryoiy” – “Al Mayadin” uchrashuvidan keyin hal bo‘ladi. Ushbu o‘yinda Eron klubi 2 va undan ortiq to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsa, Aleksandr Petrov shogirdlari chorak finalga yo‘l oladi.

Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati

“B” guruhi

2-tur, 16.07.2016

“Al Mayadin” (Livan) — “Olmaliq” (O‘zbekiston) — 2:2

Gollar: H. Takaji (4, 20) — J. Sharipov (3), K. Sviridov (31).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda