Facebook Messenger’ning bir oylik auditoriyasi 1 milliard kishidan oshdi. Bu haqda, ijtimoiy tarmoq bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Facebook’dan alohida dastur sifatida ishlovchi axborot almashish servisi foydalanuvchilarining umumiy miqdori tez sur’atlar bilan o‘smoqda, deb ma’lum qildi Messenger bo‘linmasi rahbari Devid Markus.
Uning so‘zlariga qaraganda, hisob-kitoblarda xabar yo‘llovchi minglab botlar inobatga olinmadi.
Foydalanuvchilarning mutlaq soni bo‘yicha Facebook’ning o‘zi hamon birinchi o‘rinda: mart oyining oxirida uning oylik auditoriyasi 1,6 milliard kishiga, kunlik auditoriyasi esa 1,1 milliard kishiga teng edi.