AQSh adliya vazirligi 1Malaysia Development Berhad (1MBD) Malayziya hukumat jamg‘armasi ustidan fuqarolik da’vosi kiritib, noqonuniy o‘zlashtirilgan 1 milliard dollar pulni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Adliya vazirligi da’vosida aytilishicha, jamg‘arma rahbarlaridan biri 1 milliard dollar pulni yuvishga, shuningdek, 3 milliard dollardan ko‘proq pulni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Dastavval jamg‘arma mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan edi. Ammo undan AQShga chiqarilgan mablag‘lar ko‘chmas mulk operatsiyalari uchun, shuningdek, samolyot va san’at buyumlari sotib olishda ishlatilgan. Bundan tashqari, pullarning bir qismi “Uoll-strit bo‘risi” filmiga (2013) tikilgan.
Izoh (0)