Samarqandda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi Xitoy xalqaro savdo taraqqiyotiga ko‘maklashuvchi qo‘mitasi tomonidan biznes-forum va kooperatsion birja o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Biznes forumda Shensi provinsiyasi va Samarqand viloyati yirik kompaniya va korporatsiyalari, firmalar tog‘-kon sanoati, investitsiya va zamonaviy texnologiyalar, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, sug‘urta faoliyati, sayyohlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z taqdimotlarini o‘tkazdi. Ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari mahsulot yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamda Shensi provinsiyasi Xitoy xalqaro savdo taraqqiyotiga ko‘maklashuvchi qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.
Xitoylik mehmonlar Samarqanddagi yirik korxona va firmalar faoliyati bilan tanishib, shahardagi tarixiy obidalar va zamonaviy inshootlarni tomosha qildi.
Izoh (0)