O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Igor Sergeyev va Yegor Krimets to‘p suradigan Xitoyning “Beyszin Goan” klubi Portugaliya termasi ustozi Fernandu Santushga shartnoma taklif qildi.
Portugaliya bilan Yevro—2016 turnirida g‘olib chiqqan mutaxassis yiliga 2 million yevro maosh ishlab topadi. Yevropa Chempionatidagi muvaffaqiyatdan keyin Fernandu Santushdan Portugaliya terma jamoasini JCh—2018 uchun tayyorlash so‘raldi.
“Beyszin Goan” esa Santushning maoshini to‘rt barobar oshirib, yiliga 8 million yevro taklif qildi. Mutaxassis yaqin orada kelgusi taqdiriga oydinlik kiritadi, deb yozgan “Championat.asia” A Bola nashriga tayanib.
Izoh (0)