Xonanda Munisa Rizayeva “Sayyod.com” saytiga bergan intervyusida oila qurish masalasini tezroq hal qilishi kerakligini aytib o‘tdi.
“Bugungi kunda xushomad qilib, menga uylanish istagida bo‘lgan yigitlar juda ko‘p. O‘zim nima istayotganimni tushunib olishim kerak”, — dedi Munisa Rizayeva.
“Lekin yaqin orada nimadir bo‘lishi aniq. 29 yoshdaman, oktabrda 30 yoshga to‘laman, bu masalani tezroq hal qilishim kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Munisa Rizayeva.
Avvalroq xonanda tennischi Vaja Uzoqovning xiyonatidan so‘ng, u bilan munosabatlarini to‘xtatganini ma’lum qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)