Xonanda va suxandon Shuhrat Qayumov salomatligi yomonlashgani bois davolangani Moskvaga ketdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Shuhrat Qayumovning salomatligi uning 2016-yilgi konserti arafasida yomonlashgan edi, shunga qaramay xonanda jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etdi.
“Yaqinda Shuhrat Qayumov turmush o‘rtog‘i bilan Moskvaga jo‘nab ketdi, bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, u bir muddat davolanish kurslarida bo‘ladi”, — deb yozadi “Darakchi.uz”.
Qayd etishlaricha, Shuhrat Qayumov 2013-yili ham salomatligi yomonlashgani bois, Moskvada davolanib qaytgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)