IShID terrorchilik guruhi Germaniyada yo‘lovchi poyezdiga bolta bilan hujum qilgan 17 yoshli afg‘onistonlik qochoq IShIDga a’zo bo‘lganligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Shu tariqa tashkilot hujumni tashkil etish uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.
Avvalroq qochoqning uyi tintuv qilinganda IShIDning bayrog‘i topilgan edi.
17 yoshli afg‘onistonlik Germaniya janubidagi Vyursburg shahrida yo‘lovchi poyezdiga bolta bilan hujum qilishi oqibatida 14 kishi jabrlandi. Uning o‘zi politsiya tomonidan otib tashlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)