Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubi a’zosi hisoblangan senegallik Demba Ba Super Liga 17-turida jiddiy jarohat olib, stadiondan shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda “Chempionat” xabar berdi.
Braziliyalik futbolchi Xalkni o‘z safiga qo‘shib olgani bilan mashhur “Shanxay SIPG” klubiga qarshi bellashuvning 72-daqiqasida Demba Ba to‘p uchun kurashdan keyin jarohat oldi. “Nyukasl” va “Chelsi” klubidagi o‘yinlari orqali futbol muxlislariga tanish bo‘lgan hujumchi 2015-yilning iyun oyida “Beshiktosh” safidan Xitoy klubiga kelib qo‘shilgandi.
31 yoshli futbolchining jarohatdan qachon qutilishini aniq aytib bo‘lmaydi. Norasmiy manbalarga ko‘ra maydonga qayta olmasligi ham mumkin.
Izoh (0)