“O‘zbektelekom” AK Rossiya hududida rejadan tashqari ishlar boshlanishi munosabati bilan ko‘rsatilayotgan internet xizmatlari sifati yomonlashishi mumkinligini xabar qildi. Bu haqdagi e’lon Sarkor Telecom provayderining rasmiy saytida chop etildi.
Internet sifatining pasayishi 19-iyul kuni soat 01:00 dan 08:00 gacha hamda 21-iyul kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha kuzatilishi mumkinligi aytilmoqda.
“‘O‘zbektelekom’ AK noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)