Qozog‘istonning Olmaota shahrida politsiyaga hujum qilishda gumonlanayotgan ikkinchi shaxs garovga olingan haydovchi bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi “RBK”.
Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Qalmuxanbet Qosimov Ostonada to‘plangan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi chog‘ida bayonot berdi.
“Biz ikkinchi jinoyatchi deb hisoblagan odam tahdid ostida Boyzoqov ko‘chasiga mashinani boshqarib borgan bo‘lib chiqdi. Yo‘lda patrul mashinalarini o‘qqa tutilgan. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosi oldiga kelib, jinoyatchi yana patrul mashinasi o‘qqa tutgan va ikki xodimimizni yaralagan. Bundan foydalanib, haydovchi voqea joyidan qochib ketgan ekan. Biz uni topdik”, — ma’lum qildi vazir.
“Uning shaxsi aniqlandi, u shunchaki haydovchi bo‘lib chiqdi. Hozir uning aloqadorligini tekshirmoqdamiz”, — qo‘shimcha qildi Qosimov.
Izoh (0)