Iroq prezidenti Fuad Ma’sum terrorchilikda aybdor deb o‘lim jazosiga mahkum etilganlar qatlini ijro etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu borada prezident devonxonasi rahbari Xolid Shavaniy bayonot berdi. Uning aytishicha, hujjat ijro hokimiyati organlariga topshirildi.
Iroq prezidenti bir hafta ichida ikkinchi qatl ro‘yxatini imzolamoqda.
4-iyul kuni mamlakat bosh vaziri Haydar al-Abadiy terrorchilikda ayblanib o‘lim jazosiga mahkum qilinganlarning qatl hukmini darhol ijro etish yuzasidan ko‘rsatma bergan edi.
Izoh (0)