Turkiyaning Antalya kurorti aeroportida politsiya xodimlari tomonidan bir kishi otib o‘ldirildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, aeroportda politsiya shubhali shaxsni payqab, uni to‘xtatgan. Lekin u buyruqqa bo‘ysunmay, qochishga uringan, shundan so‘ng huquq-tartibot xodimlari unga qarata o‘q uzgan.
Aniqlanishicha, otib tashlangan kishi qamoqdan qochgan mahbus bo‘lib, Diyorbakrdan Antalyaga kelgan.
Izoh (0)