Misrning EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli, O‘rta Yer dengiziga qulagan A320 samolyoti bort o‘ziyozari samolyot qulashidan avval und yong‘in yuz berganligini qayd etgan. Bu haqda Misr tergov qo‘mitasi bayonotiga tayanib Reuters ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Boshqarma yong‘in sababi va u qayerda yuz berganligini ma’lum qilmadi hamda xulosa qilishga hali juda erta ekanligini ta’kidladi. Qo‘mita, shuningdek, qutqaruvchilar samolyot yo‘lovchilari jasadlari qoldiqlari qidiruvini yakunlaganligi va yaqin vaqt ichida ular DNK tahlili uchun Qohiraga yetkazilishini ma’lum qildi.
Avvalroq Fransiyaning Le Figaro nashri halokatga uchragan samolyotning ekipaji yong‘inni o‘chirishga uringanligini xabar qilgan edi. Bort o‘ziyozarlaridan biridan ma’lum bo‘lishicha, yong‘inni uchuvchilardan biri o‘chirishga uringan.
Samolyotning dum qismida joylashgan o‘ziyozardagi yozuv havo kemasi 11 kilometr balandlikda ekanligida uzilib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirayotgan A320 samolyoti Qohira aeroportiga qo‘nishiga taxminan 35 daqiqa qolganda, endigina Misr havo hududiga kirganda radarlar ekranidan yo‘qolgan edi.
Izoh (0)