Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Birinchi armiya qo‘mondoni Umit Dundarni qurolli kuchlar bosh shtabi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shtabning eski rahbari Xulusi Aqar harbiy to‘ntarish davomida isyonchilar tomonidan qo‘lga olinib, so‘ng qo‘yib yuborilgan edi.
Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Xulusi Aqar ayni paytda qayerda ekanligi noma’lumligini aytdi.
Izoh (0)