Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Xulusi Aqar isyonchilar tomonidan qo‘yib yuborildi va ayni paytda xavfsizlikda. Bu haqda, Anadolu agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq Aqar isyonchi harbiylar tomonidan qo‘lga olingani va qayerda ekanligi noma’lumligi tufayli mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim Birinchi armiya qo‘mondoni Umit Dundarni bosh shtab rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi.
Izoh (0)