Xitoyga “Nepartak” to‘fonining yopirilishi oqibatida Futszyan provinsiyasida halok bo‘lganlar soni 69 kishiga yetdi, yana olti nafari bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “TASS” agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 21 kishini tashkil etgani ma’lum qilingan edi. Xitoy televidiniyesining xabar qilishicha, Minsin uyezdining o‘zida 60 kishi halok bo‘lgan.
9-iyul kuni Xitoyning materik qismidan “Nepartak” to‘fonining o‘tishi oqibatida olti shahar suv ostida qoldi, 506,7 ming aholi evakuatsiya qilindi. 8,3 ming uy-joy butunlay yoki qisman vayron bo‘ldi.
To‘fon mamlakatga 1,5 milliard dollar zarar keltirdi. Qariyb 20 ming gektar ekin maydoni suv bilan yuvib ketildi. 233 mussasaning faoliyati to‘xtatildi.
Izoh (0)