Rossiyaning “Vnukovo” aeroportida Moskva—Yekaterinburg reysiga kechikkan yo‘lovchi samolyotga chiqish uchun uning bortiga bomba joylashtirilganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
IIVning ma’lum qilishicha, Moskva—Yekaterinburg reysining yo‘lovchilaridan biri, 1975-yilda tug‘ilgan erkak aeroportga samolyotga chiqish yakunlangandan keyin yetib kelgan. Bortga chiqib olish istagida bo‘lgan erkak aeroport xavfsizlik xizmatiga samolyot salonida bomba borligini ma’lum qilgan.
Erkak transport politsiyasi bo‘limiga yetkazilganligi ta’kidlanmoqda. Samolyot esa ko‘zdan kechirish uchun to‘xtab turish joyiga jo‘natilgan.
Agar erkakning yolg‘on xabar berganligi aniqlansa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Izoh (0)