Fransiya prezidenti Fransua Olland Nitssadagi teraktda jabrlangan 50 kishining ahvoli og‘ir ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Fransiya rahbari “dushman” hujum qilishda davom etayotgani bois terrorga qarshi kurash uzoq davom etishini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyul, payshanba kuni kechasi Nitssa shahrida yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borishi natijasida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo’lganlar soni 84 kishiga yetdi, yana 18 kishi og‘ir ahvolda yotibdi.
Izoh (0)