Berkshire Hathaway kompaniyasi asoschisi Uorren Baffett 13-iyul, chorshanba kuni 2,86 milliard dollarni xayriya qilib yubordi. Bu haqda “Interfaks” agentligiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bill va Melinda Geyts fondi Berkshire Hathaway kompaniyasidan “B” tasnifidagi 2,18 milliard dollarga teng 15 million aksiyasini qabul qilib oldi. 2006-yilda boyligi 60,8 milliard dollarga teng 85 yoshli Baffett Geytslar juftligiga o‘zi asos solgan kompaniyaning 85% aksiyasini hadya qilishga va’da bergandi.
Milliarder yana 1,5 million aksiyani uning marhum turmush o‘rtog‘i Syuzan xotirasiga bag‘ishlab asos solingan fondga yo‘naltirdi. Baffettning qizi va o‘g‘illari boshqarayotgan uchta xayriya fondi 1 milliondan aksiyaga ega bo‘ldi.
Berkshire Hathaway qilgan xayriyadan so‘ng kompaniyaning aksiyalar paketi 31,73 foizga kamaydi. Kapitalizatsiya yil boshidan buyon 10 foizga oshdi.
CNBC’ning ma’lum qilishicha, Uorren Baffett 2006-yildan buyon jami 24,3 milliard dollarni xayriya ishlariga yo‘naltirgan. Hozirgi kunda amerikalik ishbilarmon eng boy kishilar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)