Shu paytga qadar ma’lum o‘troq insonlar manzilgohlari orasidagi eng qadimiysi Kipr orolining janubiy qismida arxeologlar tarafidan ochildi. Bu haqda, Al Arabiya telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Olimlar qazib ochgan kompleks 20 inshootdan iborat bo‘lib, har birining poydevori aylana shakliga ega. Kipr qadimiyatlar boshqarmasi mutaxassislarining fikricha, bino qoldiqlari 10,5–11,5 ming yillik o‘tmishga ega. Bu obyekt O‘rta Yer dengizidagi orolda ilgariroq ochilgan o‘troq manzilgohlardan 2 ming yilga qadimiyroq degani.
Limasol shahri yaqinidagi Klimunas yaholi yashash punkti hududida olib borilayotgan arxeologik qazishma ishlari davomida maishiy buyumlar qoldiqlaridan tashqari jonivorlar, shu jumladan, mushuk va itlarning suyaklari ham topildi. Bu mazkur kompleksda aholi ko‘pdan beri yashab kelganini hamda ijtimoiy aloqalar ancha yaxshi rivojlanganini ko‘rsatadi.
Shu paytga qadar eng qadimgi deb hisoblab kelingan o‘troq manzilgoh Iyerixon shahri yaqinida, Iordan daryosining G‘arbiy sohilida joylashgan. Ekspertlarning fikricha, obyekt 10 ming yil oldin vujudga kelgan.
Izoh (0)