Hindiston 14-iyul, payshanba kuni Janubiy Sudanning aholi tomonidan qo‘lga olingan qismidan 500 nafarga yaqin fuqarosini o‘sha yerga yo‘l olgan ikkita harbiy-transport samolyotida zudlik bilan evakuatsiya qiladi. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Janubiy Sudan hududida 500 dan ortiq Hindiston fuqarolari bor. Ularni vataniga qaytarish operatsiyasini mamlakatdagi elchimiz Shrikumar Menon va uning jamoasi amalga oshiradi. Hindiston HHKning ‘Globmaster’ S-17 ikkita harbiy-transport samolyoti yo‘lga chiqdi”, – deya ma’lum qildi Sushma Svaraj.
Hindiston tashqi ishlar vazirining qayd etishicha, Janubiy Sudanning boshqa hududlarida evakuatsiya qilinishi uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘lgan 150 nafarga yaqin hindistonlik bor.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Janubiy Sudan mustaqilligining 5 yilligi arafasida poytaxt Juba shahrida mamlakat prezidentiga sodiq harbiylar va sobiq isyonchilar o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar oqibatida 270 nafardan ortiq odam halok bo‘lgandi.
Izoh (0)