Dog‘istondagi Xarachi qishlog‘ida huquq-tartibot xodimlari tomonidan ikki nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, jangarilar 14-iyul, payshanba kuni aholi punktida joriy etilgan aksilterror operatsiyasi rejimi davomida o‘ldirildi.
Operatsiya davomida jangarilar bilan otishma bo‘lgani xabar qilinmoqda. Jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ayni damda jangarilarning shaxsi aniqlanmoqda.
Izoh (0)